"Bavariya" futbolchisi APLning eng boy klubini mensimadi
“Nyukasl” klubining “Bavariya” markaziy himoyachisi Niklas Zyuleni APLga olib ketish bo‘yicha amalga oshirgan urunishi muvaffaqiyatsiz kechdi.
Sport1 xabariga ko‘ra, 26 yoshli germaniyalik futbolchining o‘zi “qarg‘alar”ga rad javobini bergan. Uning asosiy maqsadi myunxenliklar bilan shartnomani uzaytirishdir. Tomonlar o‘rtasidagi amaldagi kelishuv yozda o‘z nihoyasiga etadi.
Agar “Bavariya” Zyulega yangi shartnoma taklif qilmasa va u jamoadan ketishga to‘g‘ri kelsa, faoliyatini sovrinlar uchun kurashadigan va Chempionlar ligasida qatnashadigan jamoada davom ettirish niyatida.
Joriy mavsumda futbolchi “Bavariya” safida 23 ta o‘yin o‘tkazib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Uning transfer qiymati 35 million evroni tashkil qiladi.



Fikrlar