
"Bavariya" futbolchisi APLga yo‘l olmoqchi
"Bavariya" yarim himoyachisi Kingsli Koman myunxenliklar safini tark etishi mumkin. Futbolchi faoliyatini Angliya Premer Ligasida davom ettirmoqchi. Bu haqda "Le10sport" yozmoqda.
Manbaning xabariga ko‘ra, Myunxen klubi Komanga yangi shartnoma taklif qilmoqda, biroq futbolchi buni rad etdi. Avvalroq, Kingsli xizmatiga "Chelsi" qiziqish bildirayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar tarqalgandi.
Joriy mavsum frantsuz 2ta o‘yinda maydonga tushib, samarali harakatlar amalga oshira olgani yo‘q. Uning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilgacha mo‘ljallangan.
Fikrlar