“Bavariya” eng zo‘r to‘purar Harri Keynning ketishiga tayyorgarlik ko‘ryapti

  • 8 sentabr, 07:11
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Uzoq yillar davomida Angliya Premer-ligasida “Tottenxem”ning asosiy to‘purari bo‘lgan Harri Keyn faoliyatida biror sovringa ega chiqish maqsadida 2023 yilning yozida “Bavariya”ga ko‘chib o‘tgan edi.

Tecno

Garchi Keyn Myunxendagi birinchi yili sovrinsiz qolgan bo‘lsa-da, o‘tgan mavsumda Bundesliga va Germaniya kubogi g‘olibi bo‘ldi.

“Bavariya”da ham tinimsiz gol urayotgan 32 yoshli hujumchi Myunxenda uzoq qolmasligi mumkin. Jurnalist  Rafael Xonikshtaynning ma’lum qilishicha, Keynning shartnomasi yana ikki yil davom etadi. Ammo kelasi yoz hujumchi Angliyaga qaytib ketishi mumkin.

Manbaga ko‘ra, “Tottenxem” joriy mavsum yakunlanganidan keyin Harrini yana ortga qaytarishni rejalashtirgan. Keynning shartnomasida 2026 yilning yozida uni 62 million evroga transfer qilish imkonini beruvchi band kuchga kairadi.

Harri Keyn “Bavariya”ga ko‘chib o‘tganidan beri 100 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini 91 marta ishg‘ol qildi va jamoadoshlariga 28 ta golli pas uzatdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!