
"Bavariya" Devis bilan kelisha olmayapti
Myunxenning "Bavariya" klubi chap qanot himoyachisi Alfonso Devis bilan maoshi sabab yangi shartnoma borasida haligacha kelisha olmayapi.
Jurnalist Kristian Falkning xabariga ko‘ra, "Bavariya"ning sobiq sport direktori Hasan Salihamidjich kanadalik futbolchi bilan yiliga 12 million evro maosh oladigan yangi shartnoma borasida deyarli kelishib olgan edi. Biroq, Hasan ishdan bo‘shatildi, shundan so‘ng Devis bilan muzokaralar to‘xtab qoldi. Ayni damda "qiziillar" taklif qilayotgan maosh shimoliy amerikalikka ma’qul kelmayapti.
Eslatib o‘tamiz, Alfonsoning nemis grandi bilan shartnomasi 2025 yilning yozida yakuniga etadi. Himoyachiga "Real Madrid" jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Fikrlar