
"Bavariya" De Ligt transferiga katta pul ajratdi
"Bavariya" "Yuventus" himoyachisi Matteys De Ligt uchun "Yuventus"ga taklif bilan chiqdi.
Jurnalist Alfredo Pedullaning xabar berishicha, myunxenliklar u uchun 75 million evro hamda bonuslar taklif qilishga tayyor. Shunday bo‘lgan taqdirda, umumiy to‘langan pul 80 million evrodan oshadi.
Shunday bo‘lsa-da, Turin klubi uning transferidan naqd 80 million evro ishlab olishni xohlaydi.
Avvalroq, "Chelsi" niderlandiyalik fulbek uchun 70 million evro+bonuslar taklif qilgani borasida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar