“Bavariya” katta transferdan voz kechdi

  • 25 yanvar, 2024, 17:17
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Fulxem” yarim himoyachisi Joau Palinyu yozgi transferlar oynasida “Bavariya”ga o‘tishiga oz qolgandi. Transferlar davrining so‘nggi kunida Myunxenga kelgan futbolchi shartnoma imzolashga ulgurmagan.

Tecno

Transfer sohasi mutaxassislari Bundesliga chempioni o‘zi tanlagan o‘yinchini yanvarda qo‘lga kiritish uchun harakat boshlashini ta’kidlagan edi.

Biroq Sky Sport Germany nashrining ma’lum qilishicha, myunxenliklar Joau Palinyu nomzodiga qaytmaslikka qaror qilgan.

Manbaga ko‘ra, “Bavariya”ga portugaliyalik futbolchining transfer summasi yoqmagan. “Fulxem” o‘z o‘yinchisini 50 million evroga baholamoqda.

Qolaversa, klub rahbariyatida 28 yoshli yarim himoyachining transferi klubga foyda keltirishiga shubhalanayotganlar ham ko‘payib boryapti.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!