“Bavariya” bu futbolchini sotib olish haqida o‘ylamayati

  • 8 iyul, 2022, 12:52
  • Makhmudov Jamshidbek
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Bir necha hafta oldin “Bayern & Germany” nashri orqali “Bavariya”ni tark etmoqchi bo‘lgan Robert Levandovski o‘rniga "Atletiko" va Ispaniya terma jamoasi hujumchisi Alvaro Morata nomzodi ilgari surilayotgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

Polshalik forvard nemis klubini tark etib, "Barselona"ga o‘tmoqchi. Biroq myunxenliklar rahbariyati Moratani o‘z safiga qo‘shib olish haqida o‘ylamayapti.  "Bavariya" 29 yoshli ispaniyalikni Levandovskiga munosib o‘rinbosar deb hisoblamaydi.

Morata 2021/22 yilgi mavsumni "Yuventus"da ijara asosida o‘tkazdi. U turinliklarning barcha musobaqalar doirasidagi 48 ta o‘yinida maydonga tushib, o‘z hisobiga 12 ta gol va 9 ta golli uzatmani yozdirib qo‘ydi. Kecha Alvaro “Atletiko”ga qaytgani rasman e’lon qilindi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!