"Bavariya" bosh direktori: Kovach jamoada qoladi

  • 26 may, 2019, 19:19
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Bavariya" klubi bosh direktori Karl-Xaynts Rummenigge bosh murabbiy Niko Kovach mavsumlar oralig‘ida jamoadan ketmasligini aytdi.

Tecno

“Kovach “Bavariya” bilan ishlashda davom etadi. Biz uning iste’fosi masalasini hech qachon muhokama qilmaganmiz. Bu mavsum qo‘lga kiritilgan sovrinlarimizda murabbiyning ulkan xizmati bor”, - deydi Rummenigge.

Eslatib o‘tamiz, “Bavariya” joriy mavsum Germaniyada oltin dubl qayd etdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!