
"Bavariya" bir shart bilan tajribali futbolchisini olib qolmoqchi
Tomas Myuller yana bir mavsumni "Bavariya"da o‘tkazishi mumkin. Bu haqda Florian Plettenberg ma’lum qildi.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, Myunxen klubi 35 yoshli yarim himoyachiga yangi shartnoma taklif qilish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda. Shartnoma 2026 yilgacha imzolanishi mumkin.
Asosiy shart shundaki, futbolchi ish haqini qisqartirishga rozi bo‘lishi kerak. Ta’kidlanishicha, "Bavariya"ning Myullerni kelajakdagi rejalariga hali to‘liq ishonchi yo‘q.
Ma’lumot uchun, Tomasning "Bavariya" bilan amaldagi shartnomasi joriy mavsum yakunida tugaydi.
Fikrlar