
"Bavariya" "Barsa"dagi vaziyatdan foydalanib qolmoqchi
"Barselona" yarim himoyachi Frenki de Yong bilan shartnomani uzaytirmoqchi, biroq ayni damda tomonlar maosh masalasida ikki xil o‘ylamoqda. "Ko‘k-anorranglilar" 26 yoshli futbolchiga taklif qilayotgan maosh uning kutganidan ancha kichik.
"TofoFichaes" nashri fikricha, "Bavariya" hozirgi vaziyatdan unumli foydalanishi mumkin. Myunxenliklar allaqachon De Yong bilan bog‘lanishgan va yulduz futbolchini qo‘lga kiritish uchun yangi urinishlar qilishi mumkin. "Barselona"ning moliyaviy ahvoli hali ham optimal darajada emas va kataloniyaliklar Frenki bilan xayrlashishga majbur bo‘lishlari mumkin.
“Bavariya” niderlandiyalik xavbek uchun 80 million evro taklif qilishga tayyor.
Fikrlar