“Bavariya” asr rekordini o‘rnatdi
Bundesliganing amaldagi chempioni “Bavariya” milliy chempionatning 9-turida Myonxengladbaxning “Borussiya” jamoasi mehmoni bo‘lib, safardan 3:0 hisobidagi g‘alaba bilan qaytdi.
Myunxen superklubiga nabatdagi uch ochkoni keltirgan gollarga Yozua Kimmix, Rafael Gerreyru va Lennart Karl mualliflik qildi. Bu natija “Bavariya”ga rekord keltirdi.
- Vensan Kompani shogirdlari mavsum boshlanganidan beri barcha turnirlarda qatorasiga 13-g‘alabasini qo‘lga kiritib, XXI asr rekordini o‘rnatdi, - deb yozdi Bayern & Germany jurnalistlari.
Evropaning “top-5” chempionatlari vakillari orasida ilgari bu natijani faqatgina “Milan” 1992-1993 yilgi mavsumda qayd eta olgan. Biroq to‘plar nisbatiga ko‘ra, “Bavariya” samarali o‘yin ko‘rsatayotgani muhim rol o‘ynadi. Milanliklar rekord o‘rnatilgan mavsumda 13 ta uchrashuvda 45 ta gol urib, o‘z darvozasidan 13 ta to‘p olib chiqqan. Myuxenliklardagi to‘plar nisbati – 47:6.
Qolaversa, “Bavariya”da bu natijani yangilash imkoni bor. Yana bitta g‘alaba Bundesliga chempionlarini mutlaq rekordchiga aylantiradi.



Fikrlar