
"Bavariya" afsonasi klubni tark etadi
Tomas Myuller "Bavariya"ni tark etishga yaqin turibdi.
Jurnalist Florian Plettenbergning xabar berishicha, klub va futbolchi shu hafta yakuniy uchrashuv o‘tkazadi. Katta ehtimol bilan Myullerning yozda tugaydigan shartnomasi uzaytirilmaydi va yarim himoyachi mavsum so‘nggida "Bavariya"ni tark etadi. Uning Myunxen klubi bilan so‘nggi turniri klublar o‘rtasidagi jahon chempionati bo‘lishi mumkin.
Qayd etilishicha, Myuller shartnomani yana bir mavsumga uzaytirishga tayyor edi, ammo maoshlarni tejash ilinjida bunga rozi bo‘lmaydi. Uning yillik maoshi 17 million evroni tashkil qiladi.
35 yoshli hujumkor yarim himoyachi faoliyatini Germaniyadan tashqarida davom ettirishi mumkin. Unga MLS klublari qiziqayotgani haqida xabarlar bor.
Fikrlar