
"Bavariya" afsonasi bir qarorga keldi
"Bavariya" klubi darvozaboni Manuel Noyer nemis grandi bilan amaldagi shartnomasini uzaytirishga tayyor. Bu haqda Bild nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, Noyerning myunxenliklar bilan amaldagi shartnomasi 2023 yilga qadar imzolangan va u ushbu muddat yakunlanganida 37 yoshda bo‘ladi. Biroq germaniyalik posbon shundan keyin ham futbol o‘ynashni davom ettirmoqchi.
Sport1 tarqatgan xabarga qaraganda, shartnomani uzaytirish bo‘yicha tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar allaqachon boshlab yuborilgan.
Noyer joriy mavsum Bundesligada jami 11 ta o‘yinda maydonga tushdi va shularning 3 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.
Fikrlar