
“Bavariya” 5 nafar yulduzni oladigan bo‘ldi
Vensan Kompanini olib kelib, bosh murabbiy masalasini hal qilgan “Bavariya” endi bor e’tiborini transfer bozoriga qaratadi.
Bild nashrining ma’lum qilishicha, myunxenliklar yangi bosh murabbiy boshchiligida yozda taklif etiladigan asosiy futbolchilar ro‘yxatini tuzib chiqdi.
Unga ko‘ra, Bundesliga grandi transfer bozorida beshta yo‘nalish bo‘yicha ishlaydi:
- Xavi Simons (PSJ);
- Jonatan Ta (“Bayer”);
- Frenki de Yong (“Barselona”);
- Kris Fyurix (“Shtutgart”);
- Joau Palinya (“Fulxem”) yoki Omanu Onana (“Everton”).
Fikrlar