
"Bavariya" - "Atletiko": Madrid klubining asosiy hujumchisi qaydnomaga kiritilmadi
"Atletiko" UEFA Chempionlar ligasi guruh bosqichi "Bavariya"ga qarshi o‘yin qaydnomasini e’lon qildi. Kutilganidek, Ispaniya La Ligasi 6 turi "Selta"ga qarshi o‘yinda jarohat olgan Diego Kosta kengaytirilgan ro‘yxatga kiritilmadi.
Qaydnomadan qo‘yidagi futbolchilar joy oldi:
Darvozabonlar: Grbich, Oblak, San-Roman.
Himoyachilar: Lodi, Savich, Felipe, Ermoso, Tripper, Rikard.
Yarim himoyachilar: Torreyra, Koke, Lemar, Lorente, Errera, Vitolo, Karrasko, Sanabriya.
Hujumchilar: Felish, Suares, Korrea, Shaponich, Kamelo.
Fikrlar