BATE Shahboz Umarov uchun qancha to‘ladi?

  • 19 iyul, 2020, 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Belarus ommaviy axborot vositalari mamlakatning eng qudratli klubi BATE o‘zbekistonlik legioner Shahboz Umarovni qo‘lga kiritish uchun qancha xarajat qilgani haqida ma’lumot tarqatmoqda.

Tecno

Unga ko‘ra, borisovliklar Umarovning transferi uchun 20 ming dollar miqdoridagi mablag‘dan voz kechgan.

Yangi jamoasi bilan shartnomani imzolab bo‘lgan Shahbozning o‘zi mavsumni “Energetik-BGU”da yakunlab qo‘yishi kutilmoqda. Shundan so‘ng u Borisov shahriga ko‘chib o‘tadi. Shu o‘rinda, BATEda o‘zbek futbolchisini yozgi transfer bozorining ikkinchi qismi – 15-28 sentyabr oralig‘ida ham tarkibga qo‘shib olish huquqi bor.

Shahboz Umarov joriy mavsumda 17 ta o‘yinda 2 ta gol urdi. Gollardan birini uzoq masofadan BATE darvozasiga kiritgan.

BATEga super gol urgan Shahboz Umarov Evropa Chempionlar ligasi uchun kurashayotgan klubga o‘tmoqda

“Pressbol”: Umarovning super golidan keyin hamma vikipediyadan Shahbozni qidiryapti

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!