Bartomeuni iste’foga chiqarish uchun 700 dan kamroq ovoz to‘plash qoldi

  • 7 oktabr, 2020, 09:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" prezidenti Xosep Mariya Bartomeuni iste’foga chiqarish uchun ovoz to‘pdash jarayoni hamon davom etmoqda.

Diario Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, Bartomeuni ishdan olish uchun yana 693 ta imzo kerak. Hozircha, hammasi bo‘lib 20687 ta imzo to‘plandi. Hozir ularning 4400 tasi tekshirilmoqda.

Agar kerakli ovoz to‘plansa, “Barselona” rahbariyati Bartomeuni iste’foga chiqarish masalasini ko‘rib chiqadi. Rejaga ko‘ra, “ko‘k-anor ranglilar”da yangi prezidentlik saylovi 2021 yilning 15 mart kuni bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!