Bartomeudan Messiga navbatdagi zarba

  • 16 sentabr, 2020, 13:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

“Barselona” rahbariyati klubdan keta olmagan Lionel Messining maoshini pasaytirish bo‘yicha muzokaraga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Bu mas’uliyatni klub prezidenti Jozep Bartomeu o‘z zimmasiga olgan.

Klub rahbariyati bu qarorini moliyaviy qiyinchiliklar bilan izohlamoqda.

Lionel Messi bir necha oy muqaddam klub bilan yangi shartnoma bo‘yicha muzokaralarni to‘xtatib qo‘ygan edi. Keyin u klubdan ketishini ma’lum qildi. Bartomeuning qat’iyati tufayli Messi maqsadiga eta olmadi.

Endi Bartomeu jamoa etakchisining maoshidan kesmoqchi. Messi hali bunga munosabatini bildirgani yo‘q. Yaqinda Forbes Lionel Messi 2020 yilda eng ko‘p maosh topganini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, argentinalik to‘purar bu yil 126 million dollar ishlab topgan. Shundan 92 million dollari maosh sifatida berilgan. Qolgan 34 million dollar qo‘shimcha daromad hisobidan kelgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!