
Bartomeu Suaresni nomardlarcha sindirdi
“Barselona” futbolchisi Luis Suares kutilmaganda murakkab vaziyatga tushib qoldi. Urugvaylik hujumchi klub bilan shartnomani o‘zaro kelishgan holda bekor qilish uchun 25 million evrolik kompensatsiyadan voz kechgandi.
So‘nggi kelishuvga ko‘ra, “Barsa” 33 yoshli futbolchini “Atletiko”ga tekinga qo‘yib yuborib, bir yillik maoshining 50 foizini to‘lab berishi kerak edi.
Lekin “Barsa” prezidenti Jozep Bartomeu huddi Lionel Messi bilan bo‘lgani kabi og‘zaki kelishuvni tan olmadi. U Madrid klubidan Suares transferi uchun 28 million evro talab qilmoqda va hujumchining maoshini to‘lab bermoqchi emas. Avvalroq, Bartomeu Suaresni olishni istagan "Yuventus"dan ham badal puli talab qilgan va turinliklar hujumchini olish fikridan qaytgandi.
“Atletiko” Bartomeuning bu yurishidan keyin Luis Suaresdan voz kechdi. Ayni paytda madridliklar erkin agent maqomida yurgan Edinson Kavaniga ikki yillik shartnoma taklif qilmoqda.
Luis Suaresning o‘zi Bartomeuning ishidan qattiq g‘azabda va atrofidagi voqealarni aytib berish uchun matbuot anjumani chaqirmoqda.
Fikrlar