
"Barselona"ning sobiq yulduzlari okean ortini "yondirishmoqda" (FOTO)
"Inter Mayami" bugun “Kolambus Kryu” ustidan 3:2 hisobida g‘alaba qozondi va MLSning yangi mavsumida Sharqiy konferentsiyada muddatidan avval g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
AQSh klubi matbuot xizmati hujumchilar Lionel Messi va Luis Suares, shuningdek, yarim himoyachi Serxio Buskets va himoyachi Jordi Albaning yangi unvon bilan tushgan birgalikdagi suratini e’lon qildi. Qayd etish lozimki, ushbu futbolchilar o‘z vaqtida “Barselona” safida birga faoliyat yuritishgan.
Eslatib o‘tamiz, “Inter Mayami” navbatdagi mavsum yakunlanishiga ikki tur qolganda 68 ochko jamg‘ardi va eng yaqin ta’qibchisini 11 ochkoga ortda qoldirgan holda Sharqiy konferentsiyada peshqadamlik qilmoqda.
Endi “Inter Mayami” navbatdagi bosqichda pley-off g‘olibiga topshiriladigan MLS kubogi uchun kurashishi kerak bo‘ladi. Unda har bir konferensiyadan to‘qqiztadan jami 18 ta jamoa ishtirok etadi.
Fikrlar