
"Barselona"ning sobiq prezidenti tunni politsiya mahkamasida o‘tkazdi
Kecha politsiya tomonidan qo‘lga olingan "Barselona" klubining sobiq prezidenti Jozep Bartomeu tunni politsiya mahkamasida o‘tkazdi. Bu haqda Diario Sport nashri xabar bermoqda.
Eslatib o‘tamiz, kecha Kataloniya super klubining sobiq xodimlari orasida tintuv va hibsga olish ishlari amalga oshirilgan edi. Jumladan, 58 yoshli Bartomeu, klubning sobiq bosh direktori Oskar Grau va yuridik xizmatlarga mas’ul bo‘lgan Roma Gomes Ponti noto‘g‘ri boshqaruv va korruptsiyada gumon qilinmoqda.
Yuqoridagi masala bo‘yicha tergov ishlari o‘ta maxfiy tarzda olib boriladi.
Fikrlar