"Barselona"ning sobiq futbolchisi: "Bu so‘nggi yillardagi eng yomon “El klassiko”lardan biri bo‘ldi"

  • 27 oktabr, 17:05
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing 10-turidan o‘rin olgan navbatdagi “El klassiko” bahsida “Real Madrid” “Barselona”ni 2:1 hisobiga mag‘lub etdi.

Tecno

Mazkur uchrashuv haqida kataloniyaliklarning sobiq futbolchisi va Ispaniya terma jamoasi a’zosi Xulio Salinas o‘z fikrini bildirdi.

“Bu so‘nggi yillardagi eng yomon klassikolardan biri bo‘ldi. Ikkala jamoa ham yaxshi holatda emas, natijada esa kuchsizroq bo‘lgan jamoa g‘alaba qozondi”, — deya Salinasning so‘zlarini Mundo Deportivo nashri keltiradi.

Ma’lumot uchun, “ko‘k-anorranglilar” ustidan qo‘zonlangan g‘alabadan so‘ng madridliklar La Liga turnir jadvalida birinchi o‘rinni mustahkamlab oldi. Xabi Alonso shogirdlari hisobida 24 ochko mavjud. Hansi Flik boshqaruvidagi “Barselona” esa 10 turdan so‘ng 22 ochko bilan ikkinchi pog‘onada bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!