"Barselona"ning sobiq futbolchisi Benitesga kerak emas

  • 27 dekabr, 2021, 12:50
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Himoyachi Lyuka Ding ukrainalik Vitaliy Mikolenko kelganidan keyin "Everton"ni tark etishi mumkin. APL klubi "Dinamo" Kiev futbolchisini 20 million evroga sotib oladi.

Tecno

Xabarlarga qaraganda, ushbu transfer Dinning mersisaydliklar safidagi faoliyatiga nuqta qo‘yishi mumkin. "Everton" bosh murabbiyi Rafael Benites jamoada frantsiyalik futbolchiga joy yo‘qligini ko‘rmoqda.

"Everton" yanvar oyida Lyukni sotishga tayyor. Ingliz klubi ushbu futbolchining xizmatlarini "Inter" va "Napoli"ga taklif qilmoqda.

Lyuka Din "Everton" safida 2018 yilning yozidan buyon o‘ynab kelmoqda. U “irischilar” safiga “Barselona”dan ko‘chib o‘tgan. Uning ayni damdagi transfer narxi 30 million evroga baholanmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!