
"Barselona"ning navbatdagi "o‘ljasi" kim?!
"Barselona" klubi ketma-ket 4-yirik g‘alabasini qo‘lga kiritdi.
Xans-Diter Flik shogirdlari Chempionlar ligasida "Bavariya"ni yirik 4:1 ko‘rinishida mag‘lub etdi. Bungacha "ko‘k-anorranglilar" "Yang Boyz"(5:0), "Alaves"(3:0) va "Sevilya"ni(5:1) mag‘lub etishgan edi.
Eslatish o‘rinli, kataloniyaliklar joriy mavsumda 13 ta o‘yindan 11 tasida g‘alaba qozonishgan. Endi navbatdagi o‘ta muhim bellashuv 26 oktyabr kuni La Liga doirasida "Real Madrid"ga qarshi bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar