
“Barselona”ning navbatdagi nishoni — Belgiya terma jamoasi futbolchisi
Dortmundning "Borussiya" klubida to‘p tepayotgan belgiyalik himoyachi Toma Mene faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin.
“Mundo Deportivo” nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" 30 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Mene "Kamp Nou" egalari safiga o‘tishga qarshi emas. Futbolchining o‘zi yaqinda "ko‘k-anorranglilar” sharafini himoya qilishni uzoq vaqtdan beri orzu qilishini tan oldi.
Shu bilan birga, dortmundliklar himoyachining ketishiga qarshi. “Borussiya” rahbariyati Meneni jamoada saqlab qolmoqchi.
Ma’lumot o‘rnida, o‘tgan mavsumda Toma Bundesliga doirasidagi 17 ta o‘yinda qatnashib, ikkita gol va to‘rtta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar