
"Barselona"ning muhim o‘yinchisi qaytdi
"Barselona" himoyachisi Ronald Arauxo jamoaning Chempionlar ligasidan o‘rin olgan "Borussiya D" qarshi o‘yin uchun qaydnomaga kiritildi.
"Ko‘k-anorranglilar" matbuot xizmati ma’lum qilishicah urugvaylik futbolchi og‘ir jarohatdan to‘liq tuzalgan. Arauxo o‘ng sonidan operatsiya bo‘lib, 5 oydan ko‘p maydonga tusha olmadi.
Ma’lumot o‘rnida, Ronaldning "Barsa" bilan shartnomasi 2026 yilnin yozigacha amal qiladi. Uning transfer narxi 70 million evro etib ko‘rsatilgan.
Fikrlar