
"Barselona"ning muhim futbolchisi tezroq safga qaytmoqchi
"Barselona"ning qanot himoyachisi Alexandro Balde Chempionlar Ligasi yarim finalining birinchi o‘yinida "Inter"ga qarshi maydonga tushish uchun tiklanishni maqsad qilib qo‘ydi. Bu haqda jurnalist Xavi Migel ma’lum qildi.
Manbaning xabar berishicha, bu vazifa murakkab, ammo bajarib bo‘lmaydigan darajada emas.
Joriy mavsumda 21 yoshli Balde barcha musobaqalarda 43 ta uchrashuvda ishtirok etib, 1 ta gol urdi va 10 ta golli uzatmani o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" va "Inter" o‘rtasidagi birinchi uchrashuv 30 aprel kuni bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar