"Barselona"ning muhim futbolchilari safga qaytdi

  • 18 aprel, 2023, 01:42
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" muxlislari uchun xushxabar! Klubning muhim futbolchilari, ya’ni Pedri, Dembele va De Yong jamoaviy mashg‘ulotlarda ko‘rinish berdi. Kristensen ham tez orada safga qaytishi kutilmoqda. 

Tecno

photo_2023-04-18_01-37-22

Xavi uchun mavsumdagi asosiy boshog‘riq jarohatlar bilan bog‘liq edi. Mazkur futbolchilarni yo‘qligi "Barsa"ning natijalariga ham ta’sir qilmay qolmadi. Klub ketma-ket 3 ta uchrashuvdan beri g‘alaba nimaligini bilmay kelmoqda. Shu bilan birgalikda, raqib darvozasi tomon yo‘l topishni ham uddalay olmayapti. 

"Barselona" La Ligadan tashqari barcha chempionatlardan chiqib ketgan. Kataloniyaliklar faqatgina Ispaniya chempionatida zafar quchishi mumkin va ular turnir jadvalida birinchi o‘rinda bormoqda. Xavi shogirdlarini oldinda "Atletiko"ga qarshi bahs kutib turibdi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!