"Barselona"ning jarohatdagi futbolchilari safga qaytmoqda

  • 7 mart, 2023, 07:04
  • Suhrob Xolbekov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" safida muhim yoqotishlar etarlicha. Ammo futbolchilar sekin-asta safga qaytmoqda.

Tecno

Kataloniyaliklarning oldinda "Atletik"ga qarshi o‘yini bor. Ushbu uchrashuvda Pedri 20-25 daqiqa maydonda harakatlanishi kutilmoqda. U MYu bilan bo‘lgan o‘yinda jarohat olgandi. 

Mish-mishlarga ko‘ra, Dembele ham keyingi turda o‘ynashi mumkin. Ammo ushbu xabarlarni inkor etguvchilar ham paydo bo‘ldi. Usmon uzog‘i "El-klasiko"da maydonga tushadi.

"Barsa"ning yana bir muhim futbolchisi Levandovski "Atletik"ga qarshi uchrashuvda ko‘rinish beradi.

Xavining muammolari deyarli hal bo‘lmoqda. Faqatgina Arauxoning qizil kartochkasi tufayli u bitta o‘yinni o‘tkazib yuboradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!