
"Barselona"ning ikki etakchi hujumchisi safga qaytdi
"Barselona" hujumchilari - Usmon Dembele va Serxio Aguero jarohatidan sog‘ayib safga qaytdi. Bu haqda klub rasmiy sayti xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, har ikkala futbolchi ham umumiy guruhda hech qanday cheklovlarsiz shug‘ullanishgan. Dembele va Aguero La Liganing navbatdagi turidan o‘rin olgan "Valensiya"ga qarshi o‘yinda maydonga tushishlari kutilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, "Barselona" - "Valensiya" uchrashuvi 17 oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 00:00 da boshlanadi. Hozirda kataloniyaliklar 12 ochko bilan La Liga musobaqa jadvalida 9-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar