
"Barselona"ning ijaradagi futbolchisi: Bu ularning muammosi, meniki emas
Shartnoma huquqi "Barselona"ga tegishli bo‘lgan, ammo hozirda "Nitstsa"da ijara asosida harakat qilayotgan Jan-Kler Todiboga frantsuz jurnalistlari kataloniyaliklarning o‘z maydonida PSJga 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lgani xususidagi savol bilan murojaat etdi.
"Jamoam bilan "Nim" va "Renn"ga qarshi o‘yin o‘tkazishimiz kerak. Mana men e’tibor qaratishim kerak bo‘lgan narsa. Men hozirda "Nitstsa" futbolchisiman.
"Barselona" PSJga qarshi javob o‘yinida kerakli natijani qayd eta oladimi yoki yo‘q, bunisi menga qiziq emas.
Ularga bu yo‘lda omad tilayman. Biroq, ularning musobaqani tark etishi meni xavotirga solmaydi. Bu ularning muammosi, meniki emas", - dedi Todibo.
Fikrlar