
“Barselona”ning “Bavariya”ga qarshi “yashirin quroli” bor
Chempionlar ligasining chorak finali o‘yinidan oldin “Barselona”ning iste’dodli hujumkor futbolchisi Usmon Dembele safga qaytdi.
23 yoshli frantsiyalik futbolchi og‘ir jarohat tufayli o‘tgan yilning noyabridan beri maydondan tashqarida yurgan edi.
- Men Usmon safga qaytib, muhim uchrashuvga tayyor ekanidan xursandman. U bir necha daqiqa o‘ynay oladi. Ana shu daqiqa mobaynida Usmon g‘alabani bizga olib berishiga ishonamiz, - dedi bosh murabbiy Kike Seten.
Fikrlar