"Barselona"ning asosiy futbolchilaridan biri "Sevilya" va PSJga qarshi javob o‘yinlarini o‘tkazib yuboradi
"Barselona" yarim himoyachisi Pedri kecha "Sevilya"ga (2:0) qarshi bo‘lib o‘tgan o‘yinda jarohat olgan.
Taxminlarga ko‘ra, futbolchining chap oyoq mushaklari shikastlangan. Diario Sport nashri muxbiri Xavi Migelning ma’lum qilishicha, Pedri kamida 2-3 hafta maydonga tusholmaydi. Shundan kelib chiqadigan bo‘lsak, u "Sevilya"ga qarshi bo‘ladigan Ispaniya kubogi yarim final javob o‘yini hamda PSJga qarshi bo‘ladigan EChL 1/8 final javob o‘yinini o‘tkazib yuboradi.
Pedri joriy mavsum “Barsa” safida jami 37 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 3 ta gol hamda 5 ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.



Fikrlar