
"Barselona"ning 14 uchrashuvli mag‘lubiyatsiz seriyasiga "Selta" nuqta qo‘ydi
Ispaniya chempionati 36 turi doirasida "Barselona" "Selta"ning mehmoni bo‘lib 2:0 hisobi bilan imkoniyatni boy berdi.
"Ko‘k-anor ranglilar" La Liga doirasida ketma-ket 14 uchrashuvga cho‘zilgan mag‘lubiyatsiz seriyasini yakunladi, ushbu bellashuvlarning 9 g‘alaba, 5tasi durang.
Aytib o‘tish joizki, "Barsa" ushbu mavsumda faqatgina bir marotaba 26 sentyabr kuni "Leganes"ga qarshi uchrashuvda (1:2) mag‘lub bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, EChL yarim final bosqichi doirasida "Liverpul"ga qarshi bahs arafasida, "Barselona" "Selta"ga qarshi bellashuvda etakchi futbolchilarsiz maydonga tushgandi.
Fikrlar