“Barselona”ga superdarvozabonni tekinga olish yo‘lini aytishdi

  • 22 may, 2021, 20:35
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli futbol agenti Mino Rayola “Barselona” rahbariyatiga “Milan” darvozaboni Janluiji Donnarummani tekinga olishni taklif qilyapti.

Tecno

Milanliklar iste’dodli darvozabonni yangi shartnomaga ko‘ndira olmadi va mavsum yakunlanishi bilan u erkin agentga aylanadi.

Rayola “Barselona” prezidenti Joan Laportaga Donnarummani tekinga olib, jamoaning asosiy posboni Mark-Andre ter Shtegenni sotib yuborishni taklif qilyapti.

Donnarumma “Milan” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2015 yildan beri milanliklar darvozasini qo‘riqlab kelmoqda. Joriy mavsumda barcha turnirlarda 47 ta uchrashuvda maydonga tushib, 54 ta gol o‘tkazdi va 14 ta o‘yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Donnarummaning transfer narxi 60 million evroga baholangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!