"Barselona"ga endi bu futbolchilar kerak emas

  • 27 dekabr, 2021, 14:22
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Manchester Siti" futbolchisi Ferran Torres bugun rasman "Barselona" a’zosiga aylanishi kutilmoqda. 

21 yoshli vinger kecha Ispaniyaga tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun uchib ketgan. Shundan so‘ng u yangi jamoasi bilan shartnoma imzolaydi. Jurnalist Fabritsio Romanoning xabar berishicha, klublar mazkur transferning barcha tafsilotlarini kelishib olgan.

Ma’lum bo‘lishicha, Torres qishki transerlar oynasida "Barsa" amalga oshirgan yagona katta xarid bo‘ladi. Kataloniyaliklar avvalroq qiziqish bildirayotgan Raxim Sterling va Hakim Zieshni sotib olishga urinmaydi. 

Eslatib o‘tamiz, ispaniyalik o‘yinchi "Barselona"ga 55 million evroga tushdi. Shuningdek, 10 million bonus ham mavjud.  

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!