
"Barselona"dan yana bir antirekord
"Barselona" kecha "Atletiko"ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Avvalroq, Xans-Diter Flik jamoasi "Las-Palmas" (1:2) va "Leganes"ga (0:1) imkoniyatni boy berdi.
Bu kabi holat klub tarixida ikkinchi marotaba sodir bo‘ldi. Birinchi bor "ko‘k-anorranglilar" 1965 yil La Ligada ketma-ket uch marotaba mag‘lub bo‘lgan.
Ayni vaqtda "Barselona" La Liga turnir jadvalida 37 ochko bilan 3-o‘rinni band etib turibdi.
Fikrlar