«Barselona»dagi «terminator» safdan chiqdi

  • 16 sentabr, 2021, 15:35
  • Bekzod Isayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

«Barselona» yarim himoyachisi Pedri Evropa chempionlar ligasi 1-turi doirasidagi «Bavariya»ga qarshi o‘yinda (0:3) oyog‘ining son qismidan jarohat oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tecno

Manbaning ma’lum qilishicha, Pedrining maydonga qachon qaytishi hali ma’lum qilinmagan. Shu bilan birga, futbolchi «Barselona»ning navbatdagi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Barsa»ning keyingi uchrashuvi 20 sentyabrda bo‘lib o‘tadi. Ronald Kuman shogirlari Ispaniya chempionati doirasida «Granada» bilan bahs olib boradi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!