
"Barselona"da yana o‘sha muammo
"Barselona" yangi futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishda qiynalmoqda.
AS nashrining yozishicha, Crowe auditorlik kompaniyasi arenani rekonstruktsiya qilishdagi kechikishlar tufayli "Kamp Nou" VIP-uylarini sotishdan tushgan daromadlarni hisobotda hisobga olishga ruxsat bermaydi. Shu sababli klub bu mavsumlar oralig‘ida 1:1 qoidasiga erisha olmaydi.
Hozircha ro‘yxatdan o‘tishni uch nafar futbolchi kutmoqda: Jerar Martin, Voychex Shchensni va Runi Bardji. Klubda ta’kidlanishicha, Martinning arizasi Oriel Romeu shartnomani bekor qilganidan keyin, Shchensnining ro‘yxatdan o‘tishi esa Inyaki Penya shartnomani uzaytirib, to‘lovlarni qayta taqsimlab, ijaraga ketganidan keyin amalga oshadi.
Bardji bilan bog‘liq vaziyat murakkabroq ko‘rinadi. Talabnoma faqat qo‘shimcha daromad olish, futbolchini sotish yoki klub rahbariyati tomonidan shaxsiy kafolatlar berish orqali amalga oshirilishi mumkin.
Bardji "Barselona"ga yozda "Kopengagen"dan o‘tgandi. Qayd etilishicha, vingerni ro‘yxatdan o‘tkazishda muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, qishki transfer oynasigacha bo‘lsa ham, faqat "Kopengagen"ga ijaraga berish variant bo‘lib qoladi.
Fikrlar