"Barselona"da stadion borasida yana muammo paydo bo‘ldi

  • 16 iyul, 19:35
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Gamper kubogi uchun o‘yin "Kamp Nou"da o‘tkazilmasligi mumkin.

"Mundo Deportivo" nashrining xabar qilishicha, asosiy muammo Barselona shahar kengashi tomonidan ruxsatnoma berilishida. Klub kamida 30 000 tomoshabinni qabul qilish uchun zarur bo‘lgan dastlabki foydalanish ruxsatnomasini olishga umid qilmayapti. Agar bu ruxsatnoma olinmasa, rejalar o‘zgartirilib, 10 avgustga belgilangan o‘yin boshqa stadionga ko‘chirilishi mumkin.

Tecno

Katta ehtimol bilan o‘yin "Estadi Yoxan Kroyff"da bo‘lib o‘tadi.

Klub La Liga doirasidagi "Valensiya"ga qarshi birinchi uy o‘yini (13 yoki 14 sentyabr) oldidan "Kamp Nou"ning birinchi va ikkinchi tribunalarida 62 ming o‘rin mavjud bo‘lishini rejalashtirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!