"Barselona"da etakchilik masalasi: Rafinya kapitanlik borasida fikr bildirdi

  • 1 avgust, 23:44
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" futbolchisi Rafinya jamoa sardorlari ro‘yxatiga kiritildi. Ammo u birinchi kapitanlik haqidagi bahslarga hozircha aralashish niyatida emas.

Tecno

Avvalroq bosh murabbiy Xans-Diter Flik va klub rahbariyati Mark-Andre ter Shtegendan birinchi kapitanlik maqomini olib qo‘yishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi.

Rafinya esa ushbu masala bo‘yicha shunday deydi:

"Agar bu orzuim deganimda, yolg‘on gapirgan bo‘lardim, chunki kapitan bo‘lishni orzu qilmaganman. Lekin bu voqea ro‘y berdi va jamoadoshlarim meni kapitan sifatida ko‘rayotganidan mamnunman".

Ter Shtegen birinchi kapitan bo‘lib qolishi kerakmi?

"Ha, menimcha, shunday bo‘lishi kerak. Lekin bu qaror bizga bog‘liq emas. U men jamoaga kelganimdan beri yordam bergan. Unda kapitanlik ro‘li allaqachon bor edi. Shu bois, biz uni hurmat qilishimiz kerak. Ter Shtegen men uchun har doim alohida inson bo‘lib qoladi — u kapitanlikdan voz kechsa ham. Bu masalani murabbiy yoki prezident hal qiladi", — dedi Rafinya Sport nashriga.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!