
"Barselona" zo‘r futbolchini sotib olishga ulgurmay qoldi
Xorij nashrlari "Barselona" klubi va "RB Leyptsig" yarim himoyachisi Dani Olmo o‘rtasidagi muzokaralarni ochiqladi.
Mundo Deportivo nashri tarqatgan xabarga qaraganda, tomonlar yozgi transferlar oynasining so‘nggi kunida 5 yillik shartnoma borasida o‘zaro kelishuvga erishgan.
Ispaniyalik iqtidor egasi kamroq maosh evaziga bo‘lsa ham “Barsa”ga o‘tishga rozilik bildirgan, ammo klublar transfer oynasi yopilgunicha kelishuvga erisha olmagan.
Bundan avvalroq "Barselona" Olmo evaziga nemis klubiga 58 million evro va yana qo‘shimcha bonuslar taklif qilgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo "RB Leyptsig" kataloniyaliklardan 75 million evro talab qilgan.
Fikrlar