"Barselona" yozgi transferlar davrida 300 mln evro ishlab olishni rejalashtirmoqda

  • 3 aprel, 2019, 23:04
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kataloniyaning "Barselona" klubi yozgi transferlar davrida katta miqdorda pul ishlab olmoqchi.

Tecno

ESPN nashri tarqatgan xabarga ko‘ra “ko‘k-anor ranglilar” mavsumlar oralig‘ida Samuel Umtiti, Ivan Rakitich va Fillipe Koutino kabi mashhur futbolchilarini sotib yuborishi mumkin.

"Barselona" ushbu futbolchilarning transferidan taxminan 300 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Ushbu mablag‘lar esa "Ayaks" himoyachisi Mateys de Ligt va "Ayntraxt" forvardi Luka Yovichlarning transferlariga sarflanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!