
"Barselona" yosh yarim himoyachisini La Liga ro‘yxatidan o‘tkazdi
18 yoshli yarim himoyachi Mark Bernal rasman "Barselona" asosiy jamoasining joriy mavsum qaydnomasiga kiritildi.
O‘tgan mavsum boshida Kataloniya jamoasi tarbiyalanuvchisi "ko‘k-anorranglilar"ning asosiy tarkibiga keskin yorib kirdi, ammo tizzasining xochsimon boylamlarini yirtilib, uzoq muddatga safdan chiqqan edi. Bernal so‘nggi bor 2024 yilning avgustida Ispaniya chempionatining 3-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga (2:1) qarshi o‘yinda maydonga tushgandi.
Umuman olganda, Bernal kattalar jamoasi safida uchta o‘yinda maydonga tushgan, biroq gol yoki golli uzatma amalga oshirmagan edi.
14 sentyabr kuni Xans-Diter Flik shogirdlari o‘z maydonida "Valensiya"ni qabul qiladi. La Liganing 4-tur o‘yinlari Toshkent vaqti bilan soat 00:00da boshlanishi rejalashtirilgan.
Fikrlar