"Barselona" yarim himoyachisi "Sevilya"ga o‘tmoqchi

  • 4 dekabr, 2019, 16:20
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Ivan Rakitich "Sevilya"ga qaytish rejasiga qarshi bo‘lmasligini ma’lum qildi.

Tecno

"Mening ayolim "Barselona"ga boshqa qaytishimizni xohlamaydi. "Sevilya"ga qaytish? Ko‘ramiz. Agar bu savol o‘rtaga chiqadigan bo‘lsa, bundan faqat hursand bo‘laman.

Sobiq jamoalarim haqida gap ketsa, aynan "Sevilya"ga birinchilardan bo‘lib qaytishni xohlagan bo‘lar edim. Bu qachondir yuz berishiga umid qilaman. Ular hozir ajoyib natijalar qayd etishmoqda, bu esa meni juda hursand qilmoqda", - deydi Rakitich.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!