"Barselona" yana bir iqtidorli futbolchini sotib olmoqchi
"Kyoln" hujumkor yarim himoyachisi Said El-Mala Germaniyani tark etib, Ispaniya chempionatiga ko‘chib o‘tishi mumkin.
"Sport.es" nashri xabariga ko‘ra, "Barselona" 19 yoshli futbolchiga qiziqmoqda. Kataloniya klubi 2025/2026 yilgi mavsumdan so‘ng futbolchini sotib olishga urinib ko‘radi. Saidning transfer qiymati 18 million evroga baholanmoqda.
"Ko‘klar" uning sotuvidan kamida 30 million evro ishlab olishni rejalashtirmoqda. El-Mala joriy Bundesligada 10 ta o‘yinda maydonga tushib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmani amalga oshirgan.



Fikrlar