
"Barselona" Xolandning transferi o‘xshamasa, o‘rniga "Roma"ning sobiq hujumchisini oladi
"Barselona" "Bayer" hujumchisi Patrik Shikni o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaga ko‘ra, "ko‘k-anorranglilar" o‘zlarining asosiy transfer maqsadi hisoblangan h Erling Xollandni qo‘lga kirita olmasa, bor e’tiborlarini aynan chexiyalik hujumchini sotib olishga qaratadi.
26 yoshli Shik joriy mavsumd “Bayer” safida jami 24 ta o‘yin o‘tkazib, 20 ta gol urdi va 3 ta golga assistentlik qildi. Futbolchining transfer narxi 40 mln evroga baholanmoqda.
Fikrlar