“Barselona” Xavining o‘rniga kim kelishini hal qildi

  • 2 noyabr, 2022, 18:01
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Barselona” rahbariyati kelajakda jamoa boshqaruviga “Arsenal”da ishlayotgan Mikel Artetani olib kelishni rejalashtirmoqda, deb xabar tarqatdi Sport.es nashri.

Tecno

Hozircha, kataloniyaliklar Xavi Ernandesga ishonch bildirishda davom etadi. Lekin bu mutaxassis xalqaro maydonda o‘zini ko‘rsata olmayapti.

Joan Laportani Mikel Artetaning ish uslubi qiziqtirib qo‘ygan. Bu murabbiy ancha pastlab ketgan “Arsenal”ni qisqa muddatda Angliya  grandlari qatoriga qo‘shdi va joriy mavsum “to‘pchilar” chempionlikka asosiy da’vogarlardan hisoblanadi.

Artetaning o‘zi ham “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi, klub an’analarini yaxshi biladi, uzoq muddat Xosep Gvardiola bilan birga ishlagan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!