
"Barselona" Xavining istagini amalga oshira olmaydi
"Barselona" moliyaviy muammolar tufayli marokashlik yarim himoyachi Azzedin Unaxi bilan shartnoma imzolamaydi.
"Telefoot" xabariga ko‘ra, 22 yoshli yarim himoyachiga "Marsel" hamda "Barselona" qiziqmoqda.
"Marsel" sport direktori Pablo Longoriya futbolchining atrofidagilar bilan muntazam aloqada bo‘lib turibdi. Biroq "Anje" klubi bilan muzokaralar boshlanmagan.
Unaxi transferiga "Barselona" va shaxsan Xavining o‘zi qiziqish bildirmoqda. Shunday bo‘lsa-da, Kataloniya klubida ushbu xarid uchun mablag‘ yo‘q.
Avvalroq, Azzedin 20 million evro evaziga "Napoli"ga o‘tishi haqida xabarlar chiqayotgandi.
Fikrlar