"Barselona" vingeri uchun mavsum tugagan bo‘lishi mumkin

  • 7 aprel, 2023, 14:09
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Barselona" yarim himoyachisi Usmon Dembele jarohati sabab 3 oygacha maydonga tusha olmasligi mumkin. Bu haqda Ispaniyaning "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.

Dastlabki tashxislarga ko‘ra, Dembele olti haftani o‘tkazib yuborishi kerak edi. Biroq tiklanish davri ancha kechikdi. Usmon fevral oyida jarohat olgan edi va haligacha maydonga qayta olmadi.

Eslatib o‘tamiz, frantsiyalik vinger Ispaniya chempionatining ushbu mavsumida 18 uchrashuvida qatnashib,  5 bora raqib darvozasini ishg‘ol qildi va 5 marta sheriklariniga samarali uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!